2025-yil 7-iyun kuni Chirchiq shahrida “Chirchiq shahri aholisi o‘rtasida mehnat migratsiyasi xavfini kamaytirish va migrant oilalardagi ayollar o‘rtasida tadbirkorlik faolligini oshirish” loyihasi doirasida “INTILISH” NNT RATM tomonidan amalga oshirilayotgan Biznes gʻoyalar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Loyiha xodimlari, Chirchiq shahar hokimligi vakillari hamda shahar mahallalari xotin-qizlar kengashlari xodimlari ishtirok etdi.
Biznes g'oyalar tanlovida Loyiha doirasida o'tkazilgan tadbirkorlik treninglarini o'rgangan loyiha mijozlari ishtirok etishdi. Quyidagi biznes takliflar g'olib bo'ldi:
• harbiylar uchun ixtisoslashtirilgan kiyim tikish studiyasi
• dasturxon va choyshablar tikish studiyasi
• yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik korxona
G‘oliblarga tikuv uskunalari, gaz plitasi, sovutgich uskunalari va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun turli moslamalar topshirildi.
Tanlovning barcha g‘oliblari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida Loyihadan bepul yuridik yordam olishdi. Ularga muvaffaqiyat, farovonlik va moliyaviy mustaqillik tilaymiz!
Ushbu nashrni moliyalashtirish Yevropa Ittifoqi tomonidan BOMKA 10 dasturi bilan grantlar berish sxemasi doirasida amalga oshirildi. Uning mazmuni "INTILISH" RATM NNT uchun alohida mas'uliyatdir va Evropa Ittifoqi yoki BOMKA 10 dasturining fikrini aks ettirmaydi.